“Challenge Family” - jahonning mashhur sport musobaqalaridan biri, ular butun dunyoning 30 mamlakatida boʻlib oʻtadi. Har yili “Challenge Family”da 50 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashadi.
“Challenge Samarkand”ning suzish bosqichi Respublika eshkak eshish kanalida boʻlib oʻtadi. Velobosqich ikkita aylanadan iborat boʻladi. U “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turistik kompleksidan boshlanadi va eski shahargacha davom etadi. Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim maqbarasi va tarixiy Afrosiyob bozorini kesib oʻtadi.
Yugurish bosqichi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turistik kompleksida boʻlib oʻtadi.
“Challenge Samarkand”da istalgan inson ishtirok etishi mumkin: professional triatletlar, havaskor triatletlar, ayollar, bolalar va tayyorgarlikka ega istalgan odam.
Sprint (Triatlon sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun;
Sprint Relay (Jamoaviy sprint) - 750 m (suzish), velopoyga (20 km), yugurish (5 km) - 16 yoshdan kattalar uchun;
Middle distance (Oʻrta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Middle distance Relay (Jamoaviy oʻrta masofa) - 1.9 km (suzish), velopoyga (86 km), yugurish (21.5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Womenʻs run (Ayollar uchun) - yugurish (5 km) - 18 yoshdan kattalar uchun;
Kids run (Bolalar uchun) - yugurish (200 m - 4-5 yosh), (400 m - 6-8 yosh), (600 m - 9-11 yosh).
Tadbirda 1700 nafar atlet qatnashishi kutilmoqda, uning katta qismi xorijdan keladi. Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda saytda amalga oshiriladi va 17-yanvardan 1-avgustgacha davom etadi.