Samarqandda triatlon va paratriatlon boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi

    2025-yil 24-25-may kunlari qadimiy Samarqandda butun dunyodan eng kuchli, elita sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtadi.

    Samarqand 20 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilarni qabul qiladi va poyga davomida sportchilar sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.

    Musobaqa gʻoliblari keyingi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish uchun reyting ochkolarini qoʻlga kiritishda katta ustunlikka ega boʻladilar.

    2024-yilda Samarqandda Triatlon boʻyicha Jahon kubogi debyuti boʻlib oʻtdi va shu zahotiyoq Butunjahon triatlon xalqaro federatsiyasining eng yuqori baholarini, shuningdek, ishtirokchilar va tomoshabinlarning koʻplab hayajonli sharhlarini oldi.

    Masofalar va toifalar

    Triatlon boʻyicha Jahon kubogi doirasida sportchilar standart masofada bellashadilar:

    • Suzish — 1,5 km;
    • velosiped bosqichi — 40 km;
    • yugurish bosqichi — 10 km.

    Triatlon boʻyicha Jahon Para Kubogida turli toifadagi para-sportchilar ishtirok etadilar:

    • jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar (PTS2-3-4-5);
    • nogironlar aravachasidagi sportchilar (PTWC);

    koʻrish qobiliyati zaif sportchilar oʻzlarining gidlari (PTVI) bilan Super Sprint masofasida:

    • Suzish — 750 m;
    • velosiped bosqichi — 19 km;
    • yugurish bosqichi — 5 km.

    Jahon kubogi doirasida triatlon boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati ham boʻlib oʻtadi va unda professional va havaskor sportchilar ishtirok etadi.

    Standart masofada AGE guruhi toifasidagi sportchilar ham ishtirok etadilar.

    Joylashuv

    Musobaqa viloyatdagi eng yirik dam olish maskani – “Ipak yoʻli Samarqand” zamonaviy sayyohlik majmuasi hududida boʻlib oʻtadi. Majmua 8 ta zamonaviy mehmonxonani oʻz ichiga oladi va tanlov ishtirokchilari uchun eksklyuziv shart-sharoitlar, jumladan, turar joy uchun maxsus chegirmalar taqdim etadi.

    Dunyoning eng goʻzal shaharlaridan birida sport, madaniyat va tarixni birlashtirgan qiziqarli tadbirga qoʻshiling!