Bu xayrli ishga shu maktabning sobiq bitiruvchilari bosh boʻlishdi. Ularning ham qariyb 4 mlrd soʻmlik homiylik yordami sifatida jamgʻarilgan mablagʻlar hisobidan 71-maktab oʻquvchilari uchun yana 180 oʻrinli qoʻshimcha bino, sport va faollar zallari qurildi. 240 oʻrinli maktab 750 oʻrinli boʻldi.

Bunda sobiq bitiruvchilarning tashabbusi muhim ahamiyat kasb etdi.

Bugungi kunda 71-maktabda zamonaviy, sifatli taʼlim-tarbiya jarayonlari uchun barcha sharoitlar yaratildi deya xabar berildi Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasining rasmiy kanalida