Oksford shahrida joylashgan Yevropa Biznes Assambleyasi har yili jahonning turli davlatlaridagi oʻz sohalari yoʻnalishlaridagi yetakchilarni aniqlab boradi va yilda bir marta gʻoliblarni taqdirlaydi.

Bu yilgi tanlovda erishgan yutuqlari, davolanayotgan bemorlari soni va samaradorligi, akademik va ilmiy tadqiqot sohasidagi yutuqlari, davolashda ilgʻor texnologiyalardan foydalanishi, ilmiy darajali va ilmiy unvonli mutaxassislar jamoasi, bemorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi mustaqil fikrlari va tavsiyalari kabi mezonlar boʻyicha munosib yetakchilikka erishgan Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi gʻolib deb eʼlon qiladi.

Taqdirlash marosimi shu yil 25-iyunda Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida “Achievements Forum 2021” xalqaro konferensiyasi dasturida boʻlib oʻtadi.