Samolyot bortida tartibni buzgan shaxs Toshkent aeroportida jarimaga tortildi

    Transport 25 Oktabr 2023 1046

    Toshkent aeroportida Moskvadan uchib kelayotgan samolyotda mast holda yoʻlovchilarga va bort kuzatuvchilariga xalal bergan shaxs qoʻlga olindi. U 990 ming soʻm miqdorida jarima tortildi.

    21-oktyabr kuni “Aeroflot” aviakompaniyasining SU-1870 reysi bilan Moskva-Toshkent yoʻnalishida parvoz qilgan Oʻzbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qoʻlga olindi, deb xabar berdi IIV Transport va turizm obyektlari xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

    Surxondaryo viloyatida tugʻilgan erkak jamoat tartibini buzib, behayo soʻzlarni ishlatgan, yoʻlovchilar va bort kuzatuvchilarga xalal bergan.

    24-oktyabr kuni Sergeli tuman sudi ishni koʻrib chiqib, unga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming soʻm) miqdorida jarima jazosini tayinladi.