Ayni paytda Palatada ish qizgʻin tus olmoqda. Amaliy jarayonlar boshlandi.

Oʻzining mualliflik huquqlarini boshqa birovlar tomonidan buzilmaslikni, ijodiy mulk egalarining ruxsatisiz oʻz ijod namunalaridan foydalanmaslikni, noqonuniy oʻzlashtirmaslikni tarafdorlari boʻlib kelgan huquq egalari bilan shartnomalar tuzish boshlandi.

Palata va ijodiy mulk huquqiga ega ijrochi, sanʼatkor, ijodkorlari oʻrtasida imzolangan shartnoma orqali ularning mualliflik huquqi, himoya qilinib, huquq egalariga haq toʻlash va hisob-kitob qilish amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligining matbuot xizmati.