Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori kamaytirildi.
Endi konsert, ommaviy axborot vositalarida qoʻshiqlar va videokliplarni taqdim etuvchi yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi va boshqalar:
— I reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 20 baravari (ilgari 50 baravari boʻlgan);
— II reyting guruhi ijrochilari uchun — BHMning 10 baravari (ilgari 25 baravari boʻlgan);
— restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarida xizmat koʻrsatadigan yakkaxon xonanda, sozanda, raqqosa, boshlovchi, qiziqchi, dijey-ovoz operatori, maʼmur va boshqalar – BHMning 3 baravari (ilgari BHMning 4 baravaridan 7 baravarigacha edi) miqdorida davlat boji toʻlaydi.