Soʻnggi uch oy ichida Namangan viloyatida 75 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilib, mingga yaqin kichik korxonalar qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Bu bir yil ichida 42 mingdan ortiq real yangi ish oʻrnini paydo qiladi.
Aynan shu tajribani oʻrganish, oʻzlarida qoʻllash uchun Respublika hududlaridan mutasaddi rahbarlar tashriflari uzilmayapti.
Oʻtgan oy oxirida Xorazm va Fargʻona viloyatlarining barcha tumanlari hokimlari kelib ish oʻrganib ketdilar. Yanvar oyida Navoiy va Buxoro vilryatlaridan katta guruhda mehmonlar kelishi kutilmoqda. Shu tariqa Namangan vilryatida turizmni yangi yoʻnalishi - “Sanoat turizmi”ga asos solindi.
Hurmatli, hokimlar! Oʻz hududingizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni istasangiz, Namangan kelib ish oʻrganib keting!