Sanoatning hayotbaxsh “qon tomiri”

    Iqtisodiyot va zamonaviy texnologiyalarga doir jozibador iboralar ko'p qo'llanadi: startap, innovatsiya, blokchayn, brend...

    Ularning oldida mahalliylashtirish degan so'z juda odmi va oddiy tuyuladi. Lekin uning mohiyati va ahamiyati shunchalik kattaki, butun mamlakat ishlab chiqarishi tarkibiy taraqqiyotini mahalliylashtirishsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

    Bu tizimni kengaytirish orqali davlat aholi bandligini yanada ko'proq ta'minlasa, byudjetga qo'shimcha tushumlar tushadi va inson kapitalini rivojlantiradi. Odamlarga ish o'rinlari yaratishi barobarida arzon va sifatli tovarlarni hadya etadi. Tannarxning pasayishi tufayli mahsulotning bozor bahosi arzonlashadi. Bir so'z bilan aytganda, mavjud xomashyo va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va ko'lamini keskin kengaytirishga qaratilgan sanoat siyosatining negizi, hayotbaxsh “qon tomir” htsoblanadi.

    Ayni kunda mamlakatimizdagi mingdan ortiq korxona yuz foiz mahsulotini “O'zbekistonda ishlab chiqarilgan” tamg'asi ostida tayyorlayapti. To'g'ri, rivojlanish katta, lekin bu hali etarli emas. Masalan, so'nggi uch yilda yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravarga oshgan. Lekin, mahsulotlar hajmi va turlari hali ichki ehtiyojni to'liq qoplayotgani yo'q. Umuman, o'tgan yili qariyb 1 milliard dollarlik qurilish materiallari import qilingan.

    Prezidentimiz joriy yil 30-aprel kuni hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirish chora-tadbirlari haqida so'z yuritar ekan, bu boradagi ishlarni “ichki talabni o'rganish – importni tahlil qilish – resurs bazasini aniqlash – yangi loyihalar ishlab chiqish” zanjiri asosida tashkil etish zarurligi ta'kidlandi.

    Yuz foiz miqdordagi tarmoqlararo kooperatsiya va mahalliylashtirish. Bu Sirdaryo viloyatida joylashgan “Zinnur” ishlab chiqarish birlashmasining erishgan ko'rsatkichi. U o'z faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida yurtimiizning bir qator hududlaridan xomashyo va butlovchi qismlarni keltiradi. Masalan, sport poyabzalini ishlab chiqarish uchun kompaniya xomashyo bo'yicha Samarqand, Buxoro, Toshkent, Namangan, Sirdarayo viloyatlaridagi korxonalar bilan shartnomalar tuzgan. Qurilish materiallari Farg'onaa, Navoiy, Xorazm, Andijondan keltiriladi. Eng muhim jihati shundaki, mazkur sanoat kooperatsiyasi zanjirnining yo'lga qo'yilgani tufayli tannarx va mahsulotlar bahosi ancha kamayishga erishildi.

    — Bundan uch yil oldin poyabzallarimiz uchun xomashyo va butlovchi qsmlarni asosan, Xitoydan keltirar edik, — deydi birlashma rahbari Nosirjon Egamberdiev. — 2019-2020-yillarda ularni o'zimizning hududlardan kooperatsiya aloqalarini o'rtnatish hisobiga ola boshladik. Buning natijasida mahsulotlarimiz narxi avvallari 130 ming so'm bo'lsa, hozir kamida ikki-uch barobarga arzonlashdi. Cрunki, oyoq kiyimining tag qismini Navoiydagi korxonadan granulla olib kelib, o'zimizda qayta ishlaymiz. Ustini esa, Samarqanddan keltirilgan ip-kalava materialaridan ishchilarimiz to'qiydi.

    Mahsulot sifati qanday, degan savol tug'ilishi mumkin, Xorijdan keltirilgan xomashyodan o'zimizda pishiq-puxtaligi va egiluvchanligi jihatdan ham ustun bo'lsa ustunki, hech bir qolishmaydi. Xaridorlar bilan suhbatlarda, ular buni alohida e'tirof etishdi.

    Bugungi kunda mazkur birlashmada 30 dan ortiq turdagi charm-poyabzal, 15 xildagi mebel mahsulotlari va 20 xildagi qurilish materiallari tayyorlanmoqda. 360 kishi ish bilan ta'minlangan, ularning 250 nafari zotin-qizlar bo'lsa, 200 nafari yoshlar. “Ayollar daftari”dan o'rin olgan, oilada yosh farzandi bo'lganlar uchun kasanachilik faoliyati bilan shug'ullanishlariga sharoit yaratib berilyapti. Korxona ularni tikuv mashinalari va xomashyo bilan ta'minlayapti, chevarlar tayyorlagan mahsulotlarni esa, shartnoma asosida sotib beradi.

    Уndilikda mahalliylashtirish darajasini oshirishda kooperatsiyaga klaster tizimi toboro esh bo'lib boryapti. Sohada mazkur usul molni so'yib, terisini ajratishdan to uni charmga aylantirib, tayyor mahsulot — poyabzal va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarishgacha bo'lgan butun bir jarayon, ya'ni “zanjir”ni o'z ichiga oladi. Ayni paytda charm-poyabzal klasterlarini tashkil etish bo'yicha bir nechta yirik loyiha ro'yobga chiqarilish bosqichida turibdi..

    “Orient Technology” MCHJ — qiymati 10 million dollarlik bu loyiha Qoraqalpog'istonda italiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Texnologik liniya Italiyada ishlab chiqarilgan. U mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, yangilarini yaratish dasturi doirasida mamlakatimizga keltirildi. Klaster to'liq ishga tushirilgach, yiliga 500 ming juft poyabzal tayyorlash imkoniyati paydo bo'ladi va uning 70 foizi tashqi bozorga chiqariladi.

    “Premium leather” MCHJ — Farg'ona viloyatidagi mazkur loyiha besh bosqichda amalga oshiriladi. Korxonaning yillik quvvati 80 mil­lion kvadrat dm. tayyor charm va 400 ming juft turli poyabzal ishlab chiqarishga teng bo'ladi. Bunday misollarni yana davom ettirish mumkin.

    Qayd etish joiz, charm-poyabzal tarmog'ida mahalliylashtirish hajmi yil sayin ortib bormoqda. Ayni kunda bu yo'nalishda 64 korxona faloliyat olib boryapti. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo'lsak, 2016-yilda bu borada atigi 2,8 million dollarlik ishlar amalga oshirilgan bo'lsa, bu yilga kelib bu miqdor 44 million AQSH dollarni tashkil etadi. Ayni kunda sun'iy charm va poliuretan ishlab chiqarishda mahalliylashtirish darajasi 60 foizga, poyabzal tagligi tayyorlashda — 65, sport tovarlari bo'yicha — 95, sport sumkalari va chamadonlari bo'yicha — 60 foizga yetkazildi. Ulardan tayyorlangan mahsulotlar nainki ichki va tashqi bozorda ham yuqori sifati va arzonligi bilan xaridorlarni jalb etyapti.

    Feruza MAHMUDOVA,

    jurnalist