Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarni yaratish laboratoriyasi tashkil etiladi

    Fan 2 Noyabr 2023 1500

    Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati maʼlum qildi.

    Vazirlikning Ilm-fan va innovatsiyalar kengashining navbatdagi yigʻilishida 2023-2026-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan amaliy loyihalar va 2023-2024-yillarda amalga oshiriladigan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga kiritiladigan innovatsion loyiha va Oʻzbekiston-Germaniya hamkorligi doirasida 2023-2025-yillarda amalga oshiriladigan xalqaro qoʻshma amaliy loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

    Kengash aʼzolari tomonidan energiya tejovchi texnologiyalarda foydalaniladigan silitsid metall va yarimoʻtkazgich birikmalar asosidagi nanooʻlchamli plyonkalarni olish texnologiyasini yaratish, Janubiy Orolboʻyi hududida yashovchi oʻsmir qizlarning reproduktiv salomatligiga baho berish va optimal reabilitatsiya usullarini ishlab chiqish, saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish laboratoriyasini tashkil etish, Koʻzi ojizlar uchun “Spelling audio distionary” audio qoʻllanmasini yaratish, xalqaro matbuot erkinligi reytinglarida Oʻzbekiston mavqeini koʻtarishning milliy konsepsiyasini yaratish kabi loyihalarini moliyalashtirish qoʻllab-quvvatlandi.