Klinik tadkikotlar uning ko'krak bezi, prostata, miya, tuxumdon, bachadon bo'yni, teri va o'pka saratoniga qarshi samarali ekanini ko'rsatdi.
AOH1996 dori vositasi PCNA saraton oqsilini nishonga oladi. Mutatsiyaga uchragan shaklda u DNK replikatsiyasi va o'sayotgan o'smalarning saqlanishi uchun juda muhim bo'ladi.
Oldingi tadqiqotlar PCNA saraton hujayralarida noyob o'zgarishlarga ega ekanligini ko'rsatdi. Olimlar faqat saraton oqsilining o'ziga xos shakliga qaratilgan dori yaratishga muvaffaq bo'lishdi.
Ayni paytda olimlar dori vositasini hujayra va hayvonlarga ta'sirini sinab ko'rishdi. Odamlar ustida klinik sinovlarning birinchi bosqichi davom etmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.