Joriy yilda Xalqaro Olimpiadada Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorusiya, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirgʻiziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1178 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.
Unda oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga koʻra 2 ta kumush hamda 6 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.
18-Xalqaro Jautikov olimpiadasida gʻolib boʻlgan oʻzbekistonlik oʻquvchilar bilan tanishing:
Matematika fanidan:
✅ Lazizbek Rajabboyev (kumush medal) — Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani, Xalqaro matematika maktabi, 11-sinf oʻquvchisi;
✅ Farruxjon Hamroboyev (bronza medal) — Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, 6-maktab, 11-sinf oʻquvchisi;
✅ Suxrob Xalelov (bronza medal) — Navoiy viloyati, Qorakoʻl IMI, (
✅ Xumoyun Abdurasulov (bronza medal) — Buxoro viloyati, Olot tumani, 10-maktab;) 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Anvarbek Sadulloyev (bronza medal) — Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18-maktab, 10-sinf oʻquvchisi;
✅ Madina Suyunova (bronza medal)— Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUMI, 9-sinf oʻquvchisi;
Fizika fanidan:
✅ Madinabonu Xasanjonova (bronza medal) — Toshkent shahri, Chilonzor tumani, S.Sirojiddinov akademik litseyi, 2-bosqich oʻquvchisi;
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan:
✅ Dilshodbek Xoʻjayev (kumush medal) — Toshkent shahri, AFIDUM, 10-sinf oʻquvchisi;
Joriy yilning 15-23-fevral kunlari Qozogʻiston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 18-Xalqaro Jautikov olimpiadasi masofaviy tarzda tashkil etildi.