HGM (Dr.Sulaiman AL-Habib Medical Group) Yaqin Sharqning xususiy sektorida tibbiyot xizmatlarining ilgʻor yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadi. Saudiya Arabistoni Podshohligi, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn Podshohligining 18 ta tibbiyot muassasasi kompaniya boshqaruvi ostidadir.
Hujjatga muvofiq Oʻzbekiston sogʻlikni saqlash tizimiga tibbiy maʼlumotlarni raqamlashtirish va markazlashtirish, shuningdek, bemorlar bilan oʻzaro muloqot jarayonlarini takomillashtirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar, jumladan, Toshkentning yirik tibbiy muassasalaridan birini HMG yetkazib beradigan IT-yechimlarga ulash boʻyicha sinov dasturi joriy qilinadi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda oʻzbek tibbiyot xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish maqsadida HMG tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, har yili kichik tibbiyot xodimlaridan kamida 10 ta xodim har yili malakasini oshirish maqsadida Saudiya Arabistonidagi HMG kasalxonalariga yuboriladi.
Hujjatda Toshkentda HMG ning ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan shifoxona va kasalxonalarining standartlariga muvofiq boʻlgan zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiy kompleksini yaratish boʻyicha yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida ham soʻz boradi.
Memorandumni imzolash marosimi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih ishtirokida boʻlib oʻtdi. Uning ostida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vaziri Behzod Musayev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bosh direktori Otabek Nazirov va HMG ning bosh amaliyotchi direktori doktor Abdulvahob al-Abdulvahob oʻz imzolarini qoʻydilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.