Aniqlanishicha, poytaxtdagi savdo majmualaridan birida ishlovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.I. ushbu savdo majmuasi hududida 4 metr kvadrat maydondagi yengil konstruksiya turkumida qurilgan savdo nuqtasini J.I.ga sotishga va’da bergan, biroq bu joyni sotish vakolatiga ega bo‘lmagan.
Joriy yilning 18-iyul kuni taxminan soat 15.30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida M.I. 15 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni J.I.dan olayotgan vaqtida Toshkent shahar IIBB hamda DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) hamda 28,211-moddasi (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.