“Obod mahalla” dasturi doirasida Toshkent shahar prokuraturasi, Mirzo-Ulugʻbek tumani prokuraturasi hamkorlikda 2-sektorga biriktirilgan mahallalarda 3-kunlik obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda tumanda 54 ta MFY mavjud.
– Sektor faoliyati “mahallabay” tizimi asosida olib borilmoqda. Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida qisqa vaqtda 35 nafar yoshlarning bandligi taʼminlanib, 33 nafariga kasb-hunar oʻrganishga yoʻllanma berildi, – deydi Toshkent shahar prokuraturasi boʻlim boshligʻi Yahyo Abdurahmonov. – Ayni kunlarda Mirzo Ulugʻbek tumani 2-sektorida joylashgan 12 ta mahallalarning barchasida “Ommaviy hashar” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi ishchilari, 5 ta traktor, 10 ta tirkama, 5 ta “Isuzu” rusumli presslovchi avtomashina, 2 ta “Isuzu” rusumli samosval, 2 ta burgʻulash mashinasi, 1 ta chiqindi tashuvchi avtomashinalar jalb qilindi.
Shuningdek, “Yashil poytaxt” aksiyasi doirasida “Oʻygʻonish” va “Ahillik” mahallasi hududlarida 300 dona archa va daraxt koʻchatlari ekildi.
2-Sektor rahbari va “Azamat” mahallasi raisi tashabbusi bilan mahalla binosining 1-qavati 40 kv.m maydonida, “ECO HOUSE” MCHJ tashkil etildi va 15 ta tikuv mashinasi olib kelib oʻrnatildi. Bu yerda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 16 nafar ishsiz fuqaror ish bilan taʼminlandi.