Unda senatorlar, Qoʻmita ekspertlari, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan masalalar dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.

Xususan, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonunlar hamda mamlakatimizdagi avtomobil yoʻllari hamda sunʼiy inshootlarning holati va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlashga doir qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama markazida boʻldi.

Bundan tashqari, majlisda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis Senatiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021-yilning birinchi yarimidagi ijrosi yuzasidan Moliya vazirligi mutasaddilarining axboroti eshitildi.

Taʼkidlanganidek, hisobot davrida respublika iqtisodiyoti 6,2 foizga oʻsib, YAIM hajmi 318,5 trillion soʻmni tashkil etgan.

Iqtisodiy oʻsish sanoatda 8,5 foiz, qurilishda 0,1 foiz, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 1,8 foiz hamda xizmatlarda 8,0 foizga taʼminlangan. Inflyatsiya darajasi yil boshidan 4,4 foizni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa 10,9 foizni tashkil etgan, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Majlisda Davlat byudjeti ijrosi jarayonidagi yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga eʼtibor qaratilib, zarur tavsiyalar bildirildi.

Senator va ekspertlar tomonidan yuqorida koʻtarilgan masalalari boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.