— Ta’lim va fan vazirligi rejasiga muvofiq sentyabr oyida odamlarda klinik sinovlarni boshlash ko‘zda tutilmoqda,  —  dedi vazirlik bo‘lim boshlig‘i Asxat Aymagambetov.

“Hozirgi kunda uchta platformada koronavirus infeksiyasiga qarshi beshta vaksina ishlab chiqilmoqda. Birinchisi – inaktivatsiya (virus faolligini kamaytiradigan yoki butunlay yo‘qotadigan) qilingan emlash, (bunda - V) virus kimyoviy moddalar ta’sirida zararsizlantiriladi.

JSST 15-may kuni inaktivatsiya qilingan vaktsinani ishlab chiqish protokolini ko‘rib chiqdi va uni ro‘yxatga kiritdi”, dedi Aymagambetov.

“15-mayda inaktivatsiya qilingan emlashning xavfsizligi va immunogenligi sichqonlarda sinovdan o‘tkazildi. 10- va 23-iyun kunlari davomida mazkur vaktsinaning toksik va allergik xususiyatlari tekshirilmoqda.

 Iyun–iyul oylarida sichqonlar va kalamushlarda uning o‘tkir toksikligi, shuningdek, boshqa sut emizuvchi hayvonlarda  immunogenligi o‘rganiladi. Iyul–avgust oylarida sut emizuvchilarda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar (o‘tkaziladi - V) nihoyasiga yetganidan so‘ng, sentabrdan boshlab klinik sinovlarga kirishish imkoniyati mavjud bo‘ladi”, dedi Ta’lim va fan vazirligi matasaddisi bu haqda.