Bu haqda Veolia Energy Tashkent axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 30-mayga oʻtar kechasi 510 metr eskirgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlangan. Shu munosabat bilan Sergeli tumanidagi ayrim yoʻllarning qatnov qismi yopiladi. Yoʻl harakati cheklovi “Obihayot” koʻchasi boʻylab Sergeli yarmarkasi chorrahasidan “Havas” supermarketigacha boʻladi. Ish hajmi katta boʻlgani sababli quvur almashtirish ishlari uchun taxminan 1 oy vaqt ketadi.
Haydovchilardan ushbu davrda aylanma yoʻllardan foydalanish soʻralgan. Kompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr soʻradi va ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini maʼlum qildi.