Uch oydan ortiq karantindan so'ng SHanxayda “Disneylend” ochildi. U erda olomon shu qadar ko'pki, hatto juma kungi chiptalar bugunning o'zida bir necha daqiqalardayoq sotib bo'lingan. Katta yoki kichikligidan qat'iy nazar hordiq chiqaruvchilar parkga tana haroratini o'lchab, keyin kiritilmoqda. Niqob taqish va navbatga turganda ijtimoiy mafosani saqlash haqidagi eslatmalar bot-bot baland ovozda yangrab turibdi. Ishchilar esa dam olish maskanini kuniga bir necha marotoba dizinfektsiya qilmoqda. Hozircha parkning barcha qismlari hali ochilmadi. Mul`tfil`m qahramoni Mikki Maus bilan ko'rishish ham hozircha man qilingan.
SHanxay hordiq chiqarishni boshlab yuborgan bir paytda Evropa Ittifoqi mamlakatlari hukumatlari karantin choralari yumashtilganiga qaramay, pandemiyaning ikkinchi to'lqini boshlanishidan ogohlantirmoqda. Mutaxassislar koronavirus yana jonlanishi mumkinligini bildirmoqda.
– Ittifoq a'zolari kuzatuv choralarini kuchaytirgan holda
Infektsiyaning ikkinchi to'lqiniga tayyorgarlik ko'rishi kerak, – deydi Evropa komissiyasi vakili Stefan de Keersmeker. – Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo'yicha Evropa markazi bilan yaqindan hamkorlik qilish pandemiya takrorlanish xavfidan ogohlantirish imkoniyatlarini ochadi. Ular fuqarolarga birinchi to'lqin muvaffaqiyatli jilovgangan taqdirda ham ikkinchi to'lqin kelish xavfi yo'q emasligini tushintirishga ko'mak beradi.