-100 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya oʻyinlarining medaliga sazovor boʻlmoqda. Hamyurtimiz bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga sazovor boʻlgan edi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz medallari soni 12 taga yetmoqda. Jamoamiz hisobida barcha probadagi medallar 4 tadan boʻlib turibdi.