Ana shunday tadbirlar davomida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, “Oqtosh ota” MFYda koʻp qavatli uylar qurayotgan «AGROMIR BUILDINGS» MCHJga qurilish obyektida 400 kVA quvvatli transformator punkti shartnoma rasmiylashtirmasdan elektr tarmogʻiga ulanganligi aniqlandi.
Natijada 330,5 ming kVt-soat miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi boʻyicha 148,7 mln soʻm qayta-hisob amalga oshirildi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrta hisobda 1,6 mingta xonadonning bir oylik isteʼmoliga teng miqdorni tashkil qiladi.
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan isteʼmolchining elektr qurilmalari tarmoqdan ajratildi.
Hududlarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.