Meni bu qarordan qaytarishdi va “agar bunday qilsangiz narxlar oshib ketadi va norozilik mitingi boʻladi” deyishdi. “Men bu muhim qadam uchun 1,5 yil tayyorlandim. Hech qanday muammo boʻlmaydi” deb javob berdim. 

Mana, hammasi joyida. Tadbirkorlar bemalol ishlashyapti, xalqimiz foydalanyapti. Qabul qilib olganimizda 24 mlrd dollar zaxiramiz bor edi. Hozir 35 mlrd dollardan oshdi. Chunki har bir soʻmni maqsadli ishlatyapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.