Turnirda 35 mamlakatdan 200 ga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. 27-marotaba oʻtkazilayotgan ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini 4 nafar shaxmatchi – Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev, Nilufar Yoqubboyeva va Shahnoza Sabirova himoya qilyapti.

Ortda qolgan besh partiyadan keyin grossmeysterimiz Javohir Sindarov 5, Nodirbek Yoqubboyev 4,5 ochko jamgʻarib, turnirda peshqadamlik qilmoqda. Ayollar oʻrtasida 5 imkoniyatdan 4 ochko jamgʻargan grosmeysterimiz Nilufar Yokubboyeva ham peshqadamlar qatoridan joy olgan.

Bugun musobaqada qolgan 4-partiya bahslari boʻlib oʻtadi.