Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda shaxmatni eng tajribali ustozlardan, mutlaqo bepul o‘rganish imkonini beruvchi UzChess YouTube kanalini  ishga tushirildi.

"Bugun ajoyib bir yangilikni e’lon qilmoqchiman. “Ibrat farzandlari” loyihasidan keyin juda ko‘pchilik shaxmat bo‘yicha ham darslar yo‘lga qo‘yishni so‘rashgandi. Shu sabab jamoamiz bilan shaxmatni noldan boshlab, eng tajribali ustozlardan, mutlaqo bepul o‘rganish imkonini beruvchi UzChess YouTube kanalini  ishga tushirdik", deya yozadi Sa’dullayev o‘zining telegram kanalida.

Qayd etilishicha, UzChess YouTube kanalida berib boriladigan darslar orqali endi eng chekka hududdagi yoshlarda ham malakali ustozlardan shaxmatni bepul o‘rganish imkoni bo‘ladi.