Mazkur qonun loyihasi bilan “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida“ Qonunga tegishli qoʻshimchalar kiritish orqali, shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan oldin uni tergov hibsxonasining oʻzida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilanmoqda.
Tibbiy koʻrik davomida shaxsning tanasida jarohat va shikastlanishlar aniqlangan taqdirda zudlik bilan prokurorga xabar berilishi tartibi oʻrnatilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish bilan bogʻliq qonunchilikka zid xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi.