Mazkur sayyor qabul Toshkent shahar pensiya boshqarmasining joriy yil 23-aprel kunidagi tegishli topshirigʻi ijrosiga asosan Shayxontohur tumanida yashovchi aholi, nafaqadagi fuqarolarning mavjud muammolarini yaqindan oʻrganib, ularni joyida bartaraf etish maqsadida tashkil etildi.
Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi v.v.b J.Tulanov hamda Shayxontohur tuman Pensiya jamgʻarmasi oʻrinbosari X.Xolmurodovlar boshchiligida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda tumandagi “Shayxontohur” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi, turli hamkor tashkilotlar, soha masʼullari, mahalla faollari ishtirok etib, uchrashuv samimiy tarzda boʻlib oʻtdi.
Bunda aholining pensiya taʼminotiga oid 20 ga yaqin turli masala va muammolari yuzasidan masʼullar tomonidan fuqarolarga batafsil maʼlumotlar berildi.
Mutasaddilar tomonidan pensiya va nafaqalar ajratilishiga doir yangi qonun va tartiblar, jumladan, 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155 farmonning mazmun-mohiyati hamda 2021-yil 5-martdagi VM-122-sonli qarori talablariga koʻra, bolalar nafaqasini tayinlash va toʻlanishi borasidagi aholi savollariga javoblar berildi.
Tadbirda aholi tomonidan bildirilgan oʻrinli talab va takliflar toʻgʻrisida alohida soʻz yuritildi.