OʻzMMA ayni paytda mazkur holat yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.
OʻzMMA Boshqaruvi raisi Sh.Qudratxoʻja:
— Men oʻzim ham shu yerda edim, kuzatuvlarim ham bor. Pandemiyadan keyingi davrmi yoki odamlarimiz anchadan beri bu darajadagi futbol koʻrmagani uchunmi, oʻsha kuni odamlarda ehtiros kuchli boʻldi. Bu esa baʼzan agressiya holatlarini keltirib chiqaradi. Tushunamiz, futbol millionlar oʻyini. Lekin biz Osiyo futbol federatsiyasi, sudyalari qarorlarini hurmat qilishimiz kerak. Biz oʻzimizning maydonda, jamoamiz uchun jon kuydiramiz. Shu bilan birga, oʻrnatilgan umumiy futbol qoidalari bor. Oʻzbekiston hududida bunga amal qilishimiz lozim. Bu jihatdan biz oʻzimizga xos boʻlgan vazminlikni, donishmandlikni koʻrsatishimiz kerak. Afsuski, oʻsha kuni muxlislarning Iroq futbolchilariga va baʼzida bizning jurnalistlarga ham suv idishlari va ogʻir predmetli narsalarni otganlarini ham oqlab boʻlmaydi.
Biz futbol tomoshabini boʻlish madaniyatini oʻrganishimiz kerak. Mana koʻryapmizki, buning oqibatlari yaxshi boʻlmayapti...
Endi “Sevimli” telekanali boʻyicha... Bu haqida biz bir nechta manbalardan surishtiryapmiz. Chunki manbalar har xil maʼlumot berishmoqda. Har qanday holatda ham jurnalistga, tasvirchiga nisbatan, umuman media sohasidagi har bir odamga nisbatan kim tarafdan va qanday maqsadda boʻlsa ham, kuch ishlatish, tazyiq oʻtkazish yoki tahdid qilish notoʻgʻri!
OʻzMMA nomidan “kuchishlatar tizim”larni, oʻsha kuni futbol xavfsizligiga javob bergan tizimlarni media olami va uning vakillariga bunday qilmaslikka chaqiramiz!"
Albatta, OAV xodimlariga kasbiy tazyiq koʻrsatish, ularga nisbatan kuch ishlatishni keskin qoralaydi hamda bu Qonunchilikka zid faoliyat deb hisoblaydi.