Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash boshqarmasining katta yoshdagi aholiga birlamchi tibbiy yordam boʻyicha bosh mustaqil mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Andrey Tyazjelnikov maʼlum qildi.
Mutaxassisning tushuntirishicha, chekish, notoʻgʻri ovqatlanish, jismoniy harakatsizlik va spirtli ichimliklarni ortiqcha isteʼmol qilish inson organizmida qon bosimi, shuningdek, qonda xolesterin miqdorining oshishiga va ortiqcha vaznning yuzaga kelishiga olib keladi.
Xatarlarni oldini olish yoki kamaytirish uchun Tyajelnikov odamlarga muvozanatli ovqatlanishni maslahat berdi. Shunday qilib, insonning kundalik ratsionida oqsillar, yogʻlar va uglevodlar boʻlishi kerak. Shu bilan birga, koʻp tuz isteʼmol qilmaslik kerak va kraxmalli ovqatlar, shirinliklar va toʻyingan yogʻlar yoki transyogʻlari boʻlgan ovqatlar miqdorini kamaytirish zarur.
“Likopchada bir kunda kamida 400-500 gramm meva va sabzavotlar, 20-30 gramm oʻsimlik moyi boʻlishi kerak. Haftada kamida ikki marta yogʻli baliq, don mahsulotlari va dukkakli ekinlarni kiritish kerak, deb tushuntirdi shifokor.
Bundan tashqari, mutaxassis sport bilan shugʻullanish va tananing jismoniy faolligini saqlash muhimligini taʼkidladi.