Bu paytda surunkali kasalliklar qo‘zg‘aladi, asab tizimi yomonlashadi, ko‘p asabiylashadi, tez holsizlanadi, uyqusi ham me’yorida bo‘lmaydi. Shifokorlar buni asosan bioritm o‘zgarishi, qish o‘tib vitaminlar yetishmasligi, harorat va bosim goh oshib, goh tushib ketishi, allergiya va immunitet tushib ketishi bilan bog‘lashadi, deb xabar beradi rg.ru.
Bu davrda kunlar uzayib organizmning serotonin va melatonin – kayfiyat bag‘ishlaydigan, yaxshi uxlash va dam olishga yordam beradigan garmonlarni ishlab chiqish tartibi buziladi. Shu sabab ko‘p uyqu bosadi, har jihatdan bo‘shashib qoladi, xavotir kuchayadi, apatiya holatiga tushadi. Bunda inson odatda quvonch keltiradigan narsalarga qiziqishni yo‘qotadi, hech narsa qilgisi kelmaydi va doimiy charchoqni his qiladi. O‘zgarishlar shulardangina iborat emas. Xotira va diqqatni jamlash susayadi, ishtaha goh pasayib, goh kuchayib ketadi.
Bunday davrni yengil o‘tkazish uchun mutaxassislar ovqatlanish ratsioni va kun tartibini qayta ko‘rib chiqishni maslahat beradi. Tarkibi C, D, A va V vitaminlariga boy bo‘lgan – yong‘oq, sitrus, baliq, dukkakli va sut mahsulotlarini iste’mol qilish talab etiladi. Eng maqbuli, bu tanqislikni to‘ldirishni shifokor maslahati bilan amalga oshirgan ma’qul.
Shu bilan birga barqaror kun tartibiga rioya etish talab qilinadi. Jumladan, uyqudan 2-3 soat avval gajet qurilmalaridan umuman foydalanmaslik, xonani shamollatish, har kuni bir xil vaqtda uyquga yotish va bir xil vaqtda uyg‘onishni tartibga qo‘ygan ma’qul, hatto dam olish kuni ham.