Masalan, Norindagi Shoʻrariq mahallasi atrofidagi yana 6 ta mahallaga xizmat koʻrsatadigan markazga aylanmoqda. Bundan ruhlanib, “Zamonaviy guzar, servis markazi, bogʻcha, maktab quraman, ishlab chiqarish qilaman!”, deb oʻnlab tadbirkorlar tashabbus bilan chiqdi.
Atrofidagi 6 ta mahalla shtatidan toʻgʻri foydalanib, tejalgan mablagʻ hisobidan arxitektor va urbanist jalb qilingani natijasida ushbu 7 ta mahalla qiyofasini butunlay oʻzgartirish uchun imkoniyat paydo boʻlyapti.
«Chunki tadbirkorlar ishini boshlash va biznesini kengaytirish uchun, birinchi navbatda, yaxshi joy soʻrayapti. Har bir mahallada gavjum koʻcha bormi – bor! Boʻsh yer va binolar bormi – bor! Faqat mutaxassis bilan shu joyning loyihasini tayyorlab, infratuzilma qilib berish kerak!», — deb vazifa qoʻydi Prezident.
Viloyat, tuman va shahar hokimlariga Islohotlar shtabi bilan birga birinchi bosqichda 33 ta tuman va 330 ta mahallada ishlarni ana shunday yondashuv asosida yoʻlga qoʻyish topshirildi.