Tadbirda tumandagi Najmiddin Kubro koʻchasida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.P. fuqaro A.ga jami 3 000 AQSH dollarini 32,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.