Shvetsiya aholi immunitetiga ishonib va umid qilib, oʻz strategiyasini tanlagan edi. Karantin choralari juda qattiq emas, qoʻshni Yevropa davlatlardagi kabi oʻrtacha.

Stokgolmda yashovchi fuqarolardan biri, bunda aholining ishonchi muhim rol oʻynaganini taʼkidlaydi. “Koronavirusdan deyarli yarim aholi kasallandi, lekin ular hukumatga qattiq ishondi va koʻrilayotgan choralarga qattiq amal qilishdi. Boshqacha aytganda, shvedlarning har oʻn nafardan oltitasi Shvetsiya xavsizlik balansini yaxshi ushlab turmoqda, degan fikrda”, deydi u.

Tanqidchilar “Shvedcha tizim”da oʻlim holati koʻp boʻlayotganini taʼkidlamoqda. Mamlakatda halokatli natijalar aprel oyining oʻrtalariga kelibgina sekinlasha boshlagan. Ungacha Shvetsiya oʻlim koʻrsatkichlari boʻyicha AQSH va Fransiyadan keyin uchinchi oʻrinda edi. Oʻsha paytda dunyo tanqidchilari “Shvedcha strategiya” oʻzini oqlamadi, deya jar solgan edi. Endi esa mamlakatdagi koʻrsatkichlar Shvetsiya pandemiyani yengayotganiga ishora bermoqda. Nima boʻlganda ham barchasini vaqt koʻrsatadi.