Oliy taʼlim muassasasi Shahriyor Shernafasov 25 ming Shveysariya franki (28,2 ming AQSH dollari) miqdorida grant ajratdi. Bu grant bir oʻquv yili uchun ajratilgan. Shu bilan birga, Shahriyor Shernafasov mazkur grantni kelasi oʻquv yillari uchun ham qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Franklin Universitetida Shahriyor Shernafasov xalqaro iqtisod, xalqaro menejment yoki xalqaro moliya yoʻnalishlaridan birida tahsil olishi mumkin.