Sifatsiz yogʻ-moy ishlab chiqarayotgan 16ta korxona boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga material kiritilgan

    Sanoat 26 Mart 2021 2295

    Zafar Saidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari:

    Shu kunga qadar 500 dan ortiq yogʻ-moy korxonalarining roʻyxati shakllantirildi va ularning 264 tasida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Tahlil natijalariga koʻra, belgilangan talablar 40 ta yogʻ-moy korxonasida taʼminlanganligi va 224 tasida (Tovar xom-ashyo birjasiga taqdimnoma kiritilgan) taʼminlanmaganligi maʼlum boʻldi.

    Belgilangan talablar bajarilmagan korxonalarga jami 186 marotaba (shundan, 20 ta ogohlantirish, 157 ta koʻrsatma va 9 ta taqdimnomalar kiritish orqali) taʼsir choralari qoʻllanildi, 16 ta yogʻ-moy korxonasi boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlariga (shundan, 8 ta sudlarga, 8 ta prokuraturaga) materiallar kiritildi.