“INTILISH” nodavlat notijorat tashkiloti respublika axborot taʼlim markazi TB-REP-2 xududiy loyixasining “TB-servis” subloyixasi doirasidagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarining sil kasalligi sohasida davlat buyurtmasi shartlarida ishlash imkoniyatlarini meʼyoriy jihatdan tartibga solish masalalarini oʻrganish va ushbu imkoniyatni amalda qoʻllash” tadkikotini yakunladi.
Unda mutaxassislar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami davolash-profilaktika muassasalarida latent silni tashxislash va preventiv davolashga yondashuvlarni aniqlashning yangi tizimi yaratilganini aytdilar.
Shuningdek, seminarda davlat byudjeti parametrlari doirasida Sil immunodiagnostikasining, shu jumladan tuberkulinodiagnostika, diaskin test, kvantiferon testning zamonaviy usullari tatbiq etildi. «Sog'liqni saqlash» sohasi bo'yicha harajatlanadigan byudjet mablag'lari doirasida OITS, sil va bezgakka qarshi kurash (sil komponenti) Global jamg'armasi grant mablag'lari GDF (Global drug facility) sertifikati bilan tasdiqlangan silga qarshi dori vositalarini markazlashgan asosda xarid qilish yo'lga qo'yilgani borasidagi axborot ham eshitildi.
Sotsiologik tadkikot markazi direktori Furkat Olimov silga karshi kurashda davlat tashkilotlari qatori nodavlat-notijorat tashkilotlari ham birday mas'ul ekanligini ta'kidladi.
Seminar ishida 2016 yilda start berilgan xalqaro grant loyihasi doirasidagi ishlarning, ekspert va mutaxassislar olib borgan ilmiy tadqiqot natijalariga oid xulosalar ham eshitildi. Oliy majlis konunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, respublikamizning etakchi ftiziator-pul`monolog vrachlaridan iborat 30 nafar ekspertlarning yakuniy xulosalariga ko'ra, loyiha amaliyotida qator kamchiliklar mavjudligi aytildi. Xususan, sil kasalligining oldini olish va davolashda xalqaro grant loyihalari borasidagi aniq xarakat dasturlarini qo'llashda hamjihatlik etishmayotganligi tanqid qilindi.
GULCHEHRA MIRZAEVA,
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi