5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash boʻyicha nizom joriy etildi.

Yangi nizomga muvofiq, maktablarda sinf rahbarlariga qoʻyiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi.

- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
- maktabda toʻliq stavkada aosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
- boʻlinib oʻqitiladigan fanlardan dars bermaydigan;
- odob-axloqi va xulqi bilan oʻquvchilarga shaxsiy namuna boʻla oladigan;
- ruhiy jihatdan barqaror boʻlgan;
- oʻquvchilar bilan ishlash jarayoniga masʼuliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining

- amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
- faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
- malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
- ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Ushbu oʻzgarishlardan sinf rahbarlarining oʻquvchilar tarbiyasiga sezilarli taʼsir etishi va 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sogʻlom ravishda ushlab turish imkoni mavjud boʻlishi maqsad qilinganligi maʼlum qilingan.