146 million AQSH dollariga teng ushbu yirik investitsiya Rossiyaning “Silovыye mashinы” kompaniyasi bilan hamkorlikda bajarildi.
Loyiha doirasida, stansiyada 2019-yilda 3-4, 2020-yilda 5-6 va 2021-yila 9-10 energobloklar modernizatsiyasi amalga oshirildi.
— Ushbu loyiha Rossiyaning energetika texnologiyalarini ishlab chiqarish sohasida yetakchi boʻlgan “Silovыye mashinы” kompaniyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirildi, — deydi stansiya bosh direktori Bahodir Nurdinov. — Bajarilgan ishlar natijasida har bir energoblokning quvvati 300 MVtdan 325 MVtga yetkazildi, 1 kVt soat uchun shartli yoqilgʻi sarfi 40 grammga kamaydi, natijada uch bosqichli modernizatsiya ishlari yakunida yiliga 270 million kubometr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi. Modernizatsiya qilingan energobloklarning xizmat davri kamida yana 20 yilga oshirilishi taʼminlanadi.
Shuningdek, modernizatsiya jarayonlari natijasida Respublikamiz isteʼmolchilariga elektr energiyasi yetkazib berish ishonchliligi va miqdori oshirilishi bilan birga, yoqilgʻi resurslarini tejash hisobiga aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga qoʻshimcha tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati paydo boʻladi.