Farmonga koʻra, 2024-yil 1-maydan Sirdaryo daryosi oʻzanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi, shuningdek, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Sirdaryo daryosining yuvilgan qirgʻoqlarini mustahkamlash, qirgʻoq boʻyi mintaqasidagi buzilgan yerlarning tabiiy holatini qayta tiklash va reabilitatsiya qilish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.