Bu haqda Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 8-oktyabr kuni Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari, DXX chegara qoʻshinlari hamda IIB xodimlari hamkorligida tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Sirdaryo tumani “Sholikor” SIU hududidan oqib oʻtuvchi “Sirdaryo” daryosidan noqonuniy ravishda fuqarolar M.M va N.E tomonidan taqiqlangan ov quroli va leskali toʻr yordamida uch turdagi 46 dona (30 dona sazan, 8 dona sudak, 8 dona jerx) baliqlar ovlanganligi aniqlandi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKning 90-modda 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Sirdaryo tuman sudiga taqdim etildi.