Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Departamentning shaxsiy xavfsizlik boʻlimi hamda Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, hech qayerda ishlamaydigan M.A. fuqaro T.M.ning ishonchiga kirib, unga oʻzini goʻyoki Departamentning Yangiyer shahar boʻlimi xodimi sifatida tanishtirib, 1 000 AQSH dollari evaziga uni ushbu boʻlimga ishga joylashtirib qoʻyishini aytib, shundan 600 AQSH dollarini 2023-yil 15-aprel kuni olib, qolgan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.