Maʼlum boʻlishicha, mazkur holat boʻyicha hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, qonuniy baho berish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga taqdim qilingan.

Ayni vaqtda mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi ochilgan va surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

“Holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari yakunlangach, qoʻshimcha maʼlumotlar eʼlon qilinadi”, — deyiladi xabarda.