Slalomda eshkak eshish: hamyurtlarimiz xalqaro turnirda sovrindor boʻldi

    Shu yilning 18-24-mart kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida slalomda eshkak eshish boʻyicha xalqaro turnir oʻtkazildi.

    Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga koʻra, xalqaro turnirda 7 ta davlatdan sportchilar ishtirok etdi.

    Shohobiddin Boltaboyev, Karimjon Nazirov, Hayot Abdullayev, Samandar Saydulayev, Sherzod Kurbonaliyev, Dostonbek Jumaboyev, Otabek Turarov, Aleksandra Fomenkova, Olesya Gudkova va Ravshan Bahranovdan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari ham musobaqada munosib qatnashib, 2-oʻrinni egalladi.