баннер
16 Mar 2025
07:56

    Soatiga 20 kilometrgacha tezlikni oshirganlik uchun jarima oshgani yoʻq

    Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorining videosi tarqalmoqda. Unda aytilishicha, 60 km/soat tezlik belgilangan joyda siz 66 tezlikda kelsangiz, avvalgidek 1 baravar (375 ming soʻm) jarima emas, balki endi 5 baravar jarima toʻlashingiz aytilgan.

    Ushbu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Bu turdagi qoidabuzarlik jarimalari oshirilmagan, deb yozadi Toshkent viloyati ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshligʻining Matbuot kotibi Bobur Toʻlaganov. U axborot tarqatishda rasmiy manbalarga asoslanishni tavsiya etdi.

    Shuning huquqshunos, bloger Xushnud Xudoyberdiyev ushbu maʼlumot notoʻgʻri ekanin maʼlum qildi.

    Uning hujjatlarga asoslanib yozishicha, yangi qonun bilan tezlik uchun jarima miqdorlari oshirilgan. Belgilangan tezlikdan 20 gacha oshirilsa — 1 baravar, 40 gacha oshirilsa — 5 baravar, 40 dan oshirilsa — 9 baravar miqdorida jarima toʻlanadi. Avval ham shunaqa edi, hozir ham shunaqa.

    «Faqat bitta oʻzgarish kirdi. Yaʼni endi belgilangan tezlikdan soatiga 60 kilometr oshirib yuborilsa, 15 baravar (5 mln 625 ming soʻm) jarima belgilanadi. Yaʼni 60 tezlik belgilangan joyda 125 dan tezroq yurganlarga (5 zaxirasi bilan) 15 baravar jarima qoʻllanadi. Ilgari 40 dan oshirilganda har doim jarima bir xil edi.
    Shuningdek, tezlik bilan bogʻliq holatlarda bir yil ichida takroran sodir etilsa, balandroq jarima toʻlash ham bekor qilindi.
    Tezlik bilan bogʻliq jarimalar miqdorida boshqa hech qanday oʻzgarish yoʻq«, — deydi huquqshunos.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech