Velomobil soatiga 50 kilometr tezlikka erisha oladi. Uning korpusi o'ziga xos tarzda ishlangan bo'lib, mustahkam materialdan foydalanilgan.

Kabinaga yon tomondan ochiladigan lyuk orqali kiriladi. Dvigatel 1240 vattli akkumulyator vositasida quvvatlanadi. Velomobil tejamkor rejimda kamida 255 kilometr masofani bosib o'ta oladi. Uning vazni akkumulyator bilan birga atigi – 79 kilogramm.

Kompaniya prezidenti VM45 velomobili bir yildan kechiktirilmay sotuvga chiqarilishiga ishonch bildirdi. Motorli variantning narxi 13 000 yevro bo'lishi kutilmoqda, motorsiz varianti 2 000 yevroga arzonroq bo'ladi, deb xabar beradi techcult.ru.