Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimining “Q.” MFY boʻyicha sobiq yordamchisi J.T. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, soxta hujjatlar orqali 5 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 119,5 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni J.T.ning rahbarligidagi MCHJga oʻtkazish orqali oʻzlashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.