Sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni aniqlash bo‘yicha trening o‘tkaziladi

    Salomatlik 22 May 2021 7516

    Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Integral Global Health bilan hamkorlikning yangi qirralarini boshladi.

    Ushbu hamkorlik Sog‘liqni saqlashni doimiy rivojlantirish uchun mavjud muammolarni bartaraf etishga zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirishni o‘rgatishga qaratilgan.

    Mazkur hamkorlik doirasida «Jarayonlarni takomillashtirish» (JT) dasturi bo‘yicha trening o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bunda qanday qilib muammoni aniqlash, uning sabablarini topish, bartaraf etish va o‘zgarishlar natijalarini tahlil qilish bo‘yicha choralar ishlab chiqish va amalga oshirishga o‘rgatiladi.

    Ko‘pgina mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimida samarali qo‘llanilayotgan «JT» algoritmi nafaqat yuzaga kelayotgan masalalarni hal etish, balki ko‘pincha uni qo‘shimcha resurslarni jalb etmasdan amalga oshirish imkonini beradi.

    Iyun oyiga mo‘ljallangan treningda uch kun ichida Integral Global Health eksperti doktor Brayan Robi ishtirokchilar guruhiga dars beradi. O‘qishni tugatganlar ushbu samarali uslubni sog‘liqni saqlash tizimining boshqa vakillari orasida keng yoyishi kerak bo‘ladi. Bu TUT, ya’ni «trenerlar uchun trening» deyiladi.

    Bo‘lajak treningning 18-mayda bo‘lib o‘tgan onlayn muhokamasida Milliy palata va uning hamkori vakillari «Jarayonlarni takomillashtirish» kabi zamonaviy uslubni joriy etish tashhislashga va jamoat salomatligi muammolarinii samarali hal etishga yordam berishini ta’kidladi.

    Masalan, bolalarni majburiy emlash jarayoni bunday muammolarning borligiga aniq misol bo‘lib xizmat qila oladi. Barcha sharoitlarning muhayyoligida, ya'ni vaksinalarning va bepul tibbiy xizmatning mavjudligida, maqsadli guruhlar ogohlantirilganda ham ma’lum bir hududda emlangan bolalar soni 50-70 foizni tashkil etishi mumkin. Xolbuki, emlash bo‘yicha kompaniyaning maqsadi bolalarni 100 foiz qamrab olishdir. Bunday vaziyatda «Jarayonlarni takomillashtirish» algoritmini qo‘llash muammoning asl sababini topish va uni bartaraf etish yo‘llarini topish imkonini beradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, «JT»ni qo‘llash sog‘liqni saqlash tizimining turli xil yo‘nalishlarida vaziyatni takomillashtirish, demakki, odamlarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaxshilashda samarali yo‘l hisoblanadi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.