"Superkontrakt" masalasida, albatta, fikrim ijobiy emas. Tibbiyotda o'qish osonmas. Mana, hozir nima uchun tibbiy ta'limni to'liq transformatsiya qilyapmiz? Tibbiyot yo'nalishidagi talaba endi ikki bosqichda imtihon topshiradi. Uchinchi kurs tugaganidan keyin fundamental fanlar bo'yicha birinchi imtihonni topshiradi. Ushbu imtihonni o'sha oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilari emas, umuman boshqa tashkilot vakillari oladi. Fundamental fanlar imtihonidan o'tgan talaba 4−5−6-kurslarda klinik fanlar bo'yicha o'qitiladi va keyin ikkinchi marta imtihon topshiradi. Talabaning ham fundamental, ham klinik fanlarni to'liq xalqaro darajada egallaganidan keyin ishlashiga ruxsat beriladi", — dedi SSV rahbari.
Vazir "tibbiyot sohasida „superkontrakt“ butunlay yo'qolishi mumkinmi?", degan savoliga quyidagicha javob berdi: "Albatta, buni hukumat belgilab beradi. Biz hukumatga taklifimizni kiritganmiz".
Shuningdek, SSV rahbari "superkontrakt" yo'qoladimi yo'qmi, asosiy e'tiborni OTMlarda ta'lim berish va talabalarning bilimini tekshirishga qaratish kerakligini ta'kidladi.
https://t.me/darakchi/105968
"Gap talabaning o'qishida va bizning filtrimizda. Xohlagan talaba "superkontrakt" kirishi mumkin, butun dunyoda tendentsiya shunaqa. Bilimi bo'lsa, malakasi bo'lsa, kirishi mumkin: u "superkontrakt"ga kiradimi, o'z bilimi bilan kiradimi, eng asosiysi, biz filtrni xalqaro talablar darajasida qilib qo'ysak, o'zi hamma talaba filtrlanadi", — dedi vazir.
Sog'liqni saqlash vaziri: "Tibbiyotda "superkontrakt"ni olib tashlash bo'yicha hukumatga taklif kiritganmiz"
Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo'nalishiga o'qishga kirishda ham "superkontrakt" mavjudligiga o'z munosabatini bildirdi.
Oʻzbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi
- Epigenetik bilimga asoslangan dehqonchilik yoxud urugʻ “tarbiyasidan” boshlangan yangi davr
- Salesforce FIDE Jahon Chempionati 2026: sana, format va mukofot jamg‘armasi tasdiqlandi
- 14-sentabr kuni dunyoda neft narxlari oshdi
- Toshkentda oliy ta’limda akkreditatsiyaning o‘rni va xalqaro tajribaga bag’ishlangan tadbir o’z ishini boshladi
- Farg‘ona viloyatida 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- Mustaqillik bayrami arafasida fidoyi vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi