"Superkontrakt" masalasida, albatta, fikrim ijobiy emas. Tibbiyotda o'qish osonmas. Mana, hozir nima uchun tibbiy ta'limni to'liq transformatsiya qilyapmiz? Tibbiyot yo'nalishidagi talaba endi ikki bosqichda imtihon topshiradi. Uchinchi kurs tugaganidan keyin fundamental fanlar bo'yicha birinchi imtihonni topshiradi. Ushbu imtihonni o'sha oliy ta'lim muassasasi o'qituvchilari emas, umuman boshqa tashkilot vakillari oladi. Fundamental fanlar imtihonidan o'tgan talaba 4−5−6-kurslarda klinik fanlar bo'yicha o'qitiladi va keyin ikkinchi marta imtihon topshiradi. Talabaning ham fundamental, ham klinik fanlarni to'liq xalqaro darajada egallaganidan keyin ishlashiga ruxsat beriladi", — dedi SSV rahbari.
Vazir "tibbiyot sohasida „superkontrakt“ butunlay yo'qolishi mumkinmi?", degan savoliga quyidagicha javob berdi: "Albatta, buni hukumat belgilab beradi. Biz hukumatga taklifimizni kiritganmiz".
Shuningdek, SSV rahbari "superkontrakt" yo'qoladimi yo'qmi, asosiy e'tiborni OTMlarda ta'lim berish va talabalarning bilimini tekshirishga qaratish kerakligini ta'kidladi.
https://t.me/darakchi/105968
"Gap talabaning o'qishida va bizning filtrimizda. Xohlagan talaba "superkontrakt" kirishi mumkin, butun dunyoda tendentsiya shunaqa. Bilimi bo'lsa, malakasi bo'lsa, kirishi mumkin: u "superkontrakt"ga kiradimi, o'z bilimi bilan kiradimi, eng asosiysi, biz filtrni xalqaro talablar darajasida qilib qo'ysak, o'zi hamma talaba filtrlanadi", — dedi vazir.
Sog'liqni saqlash vaziri: "Tibbiyotda "superkontrakt"ni olib tashlash bo'yicha hukumatga taklif kiritganmiz"
Sog'liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo'nalishiga o'qishga kirishda ham "superkontrakt" mavjudligiga o'z munosabatini bildirdi.
Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
- Termizdan Istanbulga ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqanov yo‘lga qo‘yildi
- O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibi e’lon qilindi
- 100 nafar o‘zbekistonlik “Prezident hojilari” Haj amallarini yakunlab, Vatanga qaytdi
- Sanepidqoʻm: Ebola virusining Oʻzbekistonga kirib kelishi xavfi past baholanmoqda
Sun’iy intellekt nima uchun hech qachon inson o‘rnini bosa olmasligi ma’lum bo‘ldi
- Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- 2026-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — NOAA
- Kasal tishlarning yurak va miyaga jiddiy ta’siri aniqlandi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi