Kunduzi tetik, lekin kechqurun osongina uxlab qolish uchun kunning birinchi va oxirgi qahvasini qaysi vaqtda ichish kerak? “Noviy ochag” nashri quyida mutaxassis maslahati bilan boʻlishdi.

Kuniga ikki yoki uch chashka qahva oʻz sogʻligʻi haqida qaygʻuradigan har bir kishi uchun meʼyordir. Qahva metabolizmimizni qoʻllab-quvvatlaydi, kayfiyatni koʻtaradi, depressiyaga qarshi kurashishga yordam beradi, saratonning ayrim turlari xavfini kamaytiradi va hatto yurak-qon tomir sogʻligʻini mustahkamlaydi. Qahva uyquchanlikni bostiradi, chunki kofein tom maʼnoda uygʻoqlikda ishlab chiqariladigan adenozin neyromediatorning oʻrnini bosadi.

Ammo adenozindan farqli oʻlaroq, kofein charchoqni his qilishga imkon bermaydi, uzoq vaqt hushyor va faol boʻlishga yordam beradi. Bu faqat maʼlum chegaragacha yaxshi: agar organizm va miya uzoq vaqt dam olmasa, stress gormoni kortizol toʻplanadi, bu salomatlikka katta zarar yetkazishi mumkin.

Tonggi qahva

Ertalab organizmga shunchaki kortizol kerak, aynan mana shu gormon kerakli energiya beradi va kunni faol hamda samarali boshlashga yordam beradi. Agar biror sababga koʻra kortizol yetarli darajada ishlab chiqarilmasa, kofeinning ertalabki dozasini qabul qilish orqali bunga yordam berish mumkin. Kofeinning ishlay boshlashi uchun taxminan 25-40 daqiqa vaqt ketadi, shuning uchun agar ish kuni soat 9:00 da boshlansa, ertalab soat sakkizdan kechikmasdan birinchi qahvani ichish kerak.

Kundalik meʼyor

Odatda kundalik faoliyat tushdan keyin pasayadi: organizm energiyani tushlikni hazm qilish uchun sarflaydi, uxlashni yoki hech boʻlmaganda ishlamaslik istagi paydo boʻladi. Kayfiyatni koʻtarish uchun koʻp miqdorda kofein boʻlgan qahva yoki koʻk choy ichish mumkin, faqatgina ovqatdan yarim soat keyin. Aks holda, hazm qilish jarayoni buzilishi va oqsilning soʻrilishiga salbiy taʼsir qilish mumkin.

Kechki stakan

Shifokorlar odatda 15:00 dan keyin qahva ichishni maslahat bermaydi: kofein konsentratsiyasining yarmiga kamayishi uchun 6-8 soat kerak boʻladi. Agar uyquga 22:00 da yotilsa, 16:00 dan keyin qahvani toʻxtatish kerak. Ammo oqshomni bir chashka qahvasiz tasavvur qila olmaydiganlar hech boʻlmaganda ichimlikni bir stakan toza suv bilan ichishi lozim.

Bu holda kofein konsentratsiyasi biroz kamayadi va organizm suvsizlanishdan aziyat chekmaydi hamda sifatli uyqu bilan taʼminlashi mumkin. Qolaversa, yotishdan oldin bir stakan iliq sut ichishni tavsiya etiladi: bu kofeinni organizmdagi konsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi.