Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi Yoʻldosh Jumayev, boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari – Xotin qizlar masalalari boʻyicha viloyat hokimi maslahatchisi Feruza Ibragimova, shuningdek, havaskor sportchilar, jamoatchilik vakillari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Marafon startida oldin soʻz olganlar jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanish hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaro birinchi navbatda oʻzi va oilasi uchun sogʻlom muhitni yaratishini alohida qayd etishdi.
Marafon Buxoro neft va gaz sanoati kolleji oldidan boshlanib, Muhammad Iqbol va Navoiy shohkoʻchalari orqali “Buxoro” sport majmuasigacha boʻlgan masofada davom etdi. Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sport tadbirida barcha shahar-tumanlaridan kelgan uch yuz nafardan ortiq shijoatli va faol xotin-qizlar qatnashdi.
- Bugungi sport musobaqasi ajoyib oʻtdi. Ayniqsa, vatanimiz mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida oʻtkazilgani yanada koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi,- deydi Qurbongul Boʻronova. —Biz xotin-qizlar doimo sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz. Bunday marafonlarni tez-tez tashkil etish orqali sogʻligʻimizni mustahkamlash bilan bir qatorda, vaqtimizni samarali oʻtkazishimiz hamda jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirishimiz mumkin.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining maʼlumotiga koʻra, bu kabi sport tadbirlari viloyatning barcha tuman-shaharlarida oʻtkazish belgilangan,